“Novza” metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yongʻin kuzatildi
Hodisa sabab vafot etgan va jarohatlanganlar yoʻq.

“Novza” metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yongʻin kuzatildi.
Toshkent shahar “Novza” metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar qilingan.
Shunga koʻra, qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yongʻin soat 18:19 da oʻchirildi, deyiladi FVB xabarida. Hodisa sabab vafot etgan va jarohatlanganlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, 31 yanvar kuni "Aviator" majmuasida,soʻngra Angrendagi uyda yongʻinda bir kishi vafot etgandi.
Shundan soʻng FVV savdo majmualarini tekshira boshladi.