Elektron savdo boʻyicha 7,3 mlrd soʻm isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
Shartnoma va uning shartlari, kafolat muddatidagi servis muammolari, nuqsonli tovarni almashtirish, reklamalarida notoʻgʻri maʼlumot berilishi kabi muammolar eng koʻp kuzatilgan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan elektron tijorat sohasidagi murojatlar asosida 7.3 mlrd soʻm mablagʻ fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.
Raqobat qoʻmitasiga oʻtgan 2025 yilda elektron tijorat sohasida 3 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Olib borilgan tahlillarga koʻra, murojaatlardagi eʼtirozlarning aksariyati quyidagi tashkilotlarga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi:
1. 851 ta (27,8 %) - Uzum Market;
2. 842 ta (27,6 %) - Uzum Nasiya;
3. 329 ta (10,8 %) - Yandeks;
4. 168 ta (5,5 %) - Texnomart;
5. 166 ta (5,4 %) - Ishonch;
6. 150 ta (4,9 %) - Alif shop (alif moliya, alif nasiya);
7. 115 ta (3,8 %) - Uzum Tezkor;
8. 56 ta (1,8 %) - Openshop.uz;
9. 54 ta (1,8 %) - ZoodMall;
10. 46 ta (1,5 %) - IDEA.
Oʻrganish jarayonida isteʼmolchilar huquqlarining taʼminlanish darajasi baholandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi. Tahlil natijalari sohada mavjud muammolarni aniqlash imkonini berdi. Ayrim murojaatlar tizimli kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, ijobiy tajribalar ham qayd etildi. Shuningdek,ularni tahlil qilish orqali qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ham tayyorlandi.
Xususan, elektron tijorat subʼektlarining faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ular tomonidan amalga oshirilgan xizmatlarda shartnoma va uning shartlari, kafolat muddatidagi servis muammolari, nuqsonli tovarni almashtirish, reklamalarida notoʻgʻri maʼlumot berilishi, amalga oshirilgan toʻlovlar va yetkazib berish xizmatida hamda kredit asosida sotib olingan nuqsonli tovarlarni almashtirish kabi qonunbuzilish holatlari hamda kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur murojaatlarda qayd etilgan holatlar tashkilotlar tomonidan ijobiy bartaraf etilishlik darajasi ham baholanib, deyarli 84,8 % isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilindi:
1. IDEA – 46 ta (84,8 %);
2. Uzum Tezkor – 115 ta (82,6 %);
3. Ishonch – 166 ta (81,3 %);
4. ZoodMall – 54 ta (79,6 %);
5. Texnomart – 168 ta (79,2 %);
6. Openshop.uz – 56 ta (76,8 %);
7. Alif shop – 150 ta (75,3 %);
8. Uzum Market – 851 ta (72,7 %);
9. Uzum Nasiya – 842 ta (71,9 %);
10. Yandeks – 329 ta (63,5 %).
Oʻrganishlar natijasida huquqlari buzilgani aniqlangan 9,6 mln. nafar isteʼmolchiga 7.3 mlrd. soʻm miqdorida yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlangan.