platina.uz
Jamiyat

Buxorodagi yer uchun 600 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Ushbu yer hududida oltin va boshqa qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan. "Sotuvchi" oldindan 230 ming dollar va 840 mln soʻm olgan vaqtida dalillar bilan ushlandi. 

Buxorodagi yer uchun 600 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

600 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi, 1973 y.t. xususiy tadbirkor Buxoro viloyatining Peshku tumani hududidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega boʻlgan davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari yordamida auksion savdolari orqali olib berishni vaʼda qilgan. U Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqarodan 600 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs oldindan 230 ming AQSh dollari va 840 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda ekologiya boʻlimi boshligʻi qoʻlga olingandi.

U tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirib koʻrsatish maqsadida oʻzgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid