platina.uz
Jamiyat

Asakada bir shaxs soxta 45 mln soʻmni 18 mln soʻmga sotmoqchi boʻldi

Uning yonidan qoʻshimcha 100 ming soʻmlik kupyuradagi 5 mln soʻm miqdoridagi qalbaki pullar ham olingan.

Asakada bir shaxs soxta 45 mln soʻmni 18 mln soʻmga sotmoqchi boʻldi

Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi shaxs 200 dona 100 ming soʻmlik va 125 dona 200 ming soʻmlik kupyuradagi qalbaki 45 mln soʻmni 18 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Chortoq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u qoʻlga tushgan.

Shuningdek, uning yonidan qoʻshimcha 100 ming soʻmlik kupyuradagi 5 mln soʻm miqdoridagi qalbaki pullar ham olingan.

Bundan tashqari, uning uyidan noutbuk, rangli printer va boʻyoqlar hamda qogʻozlar ashyoviy dalil sifatida qoʻlga kiritilgan. Qayd etilishicha, u avval ham shu jinoyat bilan sudlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid