Urbanizatsiya va uy-joy bozorini rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi
Orifjon Fayziyev avval Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi.
Prezident qarori bilan:
-Orifjon Olimovich Fayziyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
-Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Orifjon Fayziyev avval Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Nozimbek Rustambekov avval prokuratura tizimida va Adliya vazirligida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, 2025 yil noyabr oyida tuzilgan ushbu qoʻmitaga Sherzod Kudbiyev rais etib tayinlangandi.