platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Tovar ayirboshlash surʼati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, “Xitoy ­– Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi boʻyicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid