platina.uz
Jamiyat

Olmaliqdagi maktabda oʻquvchi qiz vafot etdi

Oʻquvchi maktab yoʻlagida hushini yoʻqotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay oʻquvchi vafot etgan. 

Olmaliqdagi maktabda oʻquvchi qiz vafot etdi

Olmaliqdagi maktabda oʻquvchi qiz vafot etdi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabarni tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab oʻquvchisining vafoti bilan bogʻliq turli xabarlar va muhokamalar yuzasidan bayonot berilgan.

Joriy yilning 28 yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida noxush holat yuz bergan. Maktabning 10-sinf oʻquvchisi (2009 yilda tugʻilgan) K. Ye. maktab yoʻlagida hushini yoʻqotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay oʻquvchi vafot etgan.

Ayni paytda huquq tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ayrim xabarlarga koʻra, ushbu oʻquvchi bilan sinfdosh boʻlgan onalardan biri bunga maktabda oʻtkazilgan "tarbiyaviy" suhbat sabab boʻlgani haqida xabar bergan. Rasmiylar holat oʻrganilayotganini maʼlum qilib, tekshiruvlar yakunigacha tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻradi.

Yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar nihoyasiga yetgach eʼlon qilinadi, deyiladi xabarda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid