Metan zapravkalar bosqichma-bosqich odatiy rejimga qaytadi
11 fevral kuni soat 09:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham zapravkalar kundalik rejimda faoliyat yurita boshlaydi.

Metan zapravkalar odatiy ish rejimiga qaytadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ertaga, 11 fevral kuni soat 09:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham metan zapravkalar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi.
Eslatib oʻtamiz, 20 yanvardan boshlab sovuq ob-havo sabab zapravkalarga cheklov kiritilgandi. Ayrim shoxobchalar tunda ham chiroqni oʻchirib ishlayotgani maʼlum boʻlgandi.