"JEK"ka toʻlovni kechiktirganlar elektrga toʻlov qilishi cheklanadi
Har bir kechiktirilgan kun uchun jismoniy shaxslar uchun — 0,1 foiz, yuridik shaxslar uchun — 0,4 foiz penya hisoblanadi.

Endi Oʻzbekistonda "JEK"ka toʻlovni kechiktirganlar endi elektrga toʻlov qilishi cheklanadi.
“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida aytiladi.
2026 yilning 1 iyulidan koʻp kvartirali uy mulkdori har oyning 15-sanasiga qadar majburiy toʻlovlarni amalga oshirmasa, qarzdorlik bartaraf etilmagunga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlar qabul qilinmaydi.
Shuningdek, har bir kechiktirilgan kun uchun jismoniy shaxslar uchun — 0,1 foiz, yuridik shaxslar uchun — 0,4 foiz, biroq bir oylik qarzning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya hisoblanadi.
Hozircha chiqindi toʻlovini kechiktirganlik uchun shunday cheklov mavjud.
Avvalroq, ushbu qarorga koʻra yangi uylarga kamera va domofon oʻrnatish majburiy boʻlishi aytilgandi.
Agar ushbu qurilmalar loyihaga kiritilmagan boʻlsa, bunday hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish taqiqlanadi.