platina.uz
Jamiyat

Giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni jamoat joyida isteʼmol qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Bu turdagi jinoyatlarni qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida jinoiy javobgarlik choralari kuchaytiriladi. 

Giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni jamoat joyida isteʼmol qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Qonunchilik palatasi majlisida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksidagi giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar sifatida alohida bobga birlashtirilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksidagi mazkur bobda narkotiklarning noqonuniy muomalasiga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik (rahnamolik) qilish hamda gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi normalar belgilanmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga esa giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilyapti.

Bundan tashqari, bu turdagi jinoyatlarni qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Avvalroq oʻz huquqbuzarligini internetda tarqatganlar javobgarlikka tortilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid