platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda ekologiya boʻlimi boshligʻi qoʻlga olindi

U tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirib koʻrsatish maqsadida oʻzgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan. 

Surxondaryoda ekologiya boʻlimi boshligʻi qoʻlga olindi

Tuman ekologiya boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi boʻlimi boshligʻi mahalliy MChJ hududida 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari tegishli ruxsatnoma olmasdan, oʻzboshimchalik bilan kesilganligi holati boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirib koʻrsatish maqsadida oʻzgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini tamagirlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid