Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi
U avval "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJda rahbar boʻlgan.

Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Sohibjon Gʻofurjonovich Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U avval "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJda rahbar boʻlgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining avvalgi direktori Akmal Ortiqov yanvar oyida ishdan ketgan va qamoqqa olingandi.