Joriy hafta Oʻzbekistonda yomgʻirli ob-havo kuzatiladi
Shimolda va togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

"Oʻzgidromet" tezkor axborot eʼlon qildi. Unga koʻra ushbu haftada yomgʻirli havo kuzatiladi.
Joriy yilning 10–13 fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi.
Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir (shimolda qorga aylanadi) yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, 10 fevralda ayrim joylarda baʼzida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin.