platina.uz
Jamiyat

Jamshid Xoʻjayev metan zapravka qurishga ruxsat yoʻqligini aytdi

Bosh vazir oʻrinbosari bu haqda Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida gapirgan. 

Jamshid Xoʻjayev metan zapravka qurishga ruxsat yoʻqligini aytdi

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev hukumat vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida metan zapravka qurishga ruxsat yoʻqligini eslatdi.

Uchrashuv davomida Amudaryo tumanilik tadbirkor avtomobillar uchun elektr, gaz va benzin quyish shoxobchasini qurishni rejalashtirgani, buning uchun 2024 yilda yer olgani hamda qurilishga doir barcha hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilganini bildirdi.

Xoʻjayevning aytishicha, hozirda ishlab turgan metan zapravkalarga ham gaz yetishmayapti.

Shu bois yangi zapravkalar qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi taʼkidlandi.

“Qurganingiz bilan pulingiz shunday yotadi. Sizga metan bermaydi. Qurilishni boshlamaslik kerak. Nega buni hokimiyat aytmaydi?” dedi bosh vazir oʻrinbosari.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid