platina.uz
Jamiyat

Cheklovlarga qaramay, metan zapravkalar tunda chiroqlarini oʻchirib ishlamoqda

Bunday holatlar viloyatlarda ham, poytaxtda ham kuzatilgan. 

Cheklovlarga qaramay, metan zapravkalar tunda chiroqlarini oʻchirib ishlamoqda

Oʻzbekistonda ayrim metan gaz zapravkalari cheklovlarga qaramay, tunda ham chiroqlarini oʻchirib ishlamoqda. Bu haqda joylardagi manbalarimiz xabar berdi.

Bunday holatlar viloyatlarda ham, poytaxtda ham kuzatilgan. Eslatib oʻtamiz, zapravkalar 2 fevraldan boshlab soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritishi belgilangandi. Ungacha barcha shoxobchalar yopiq boʻlishi belgilangandi. Maqsad aholi va ijtimoiy muassasalarni barqaror ravishda gaz bilan taʼminlash ekani aytilgan.

Hozirda metan gaz quyish shoxobchalari 24 soat ishlashi boʻyicha rasmiy maʼlumotlar yoʻq.

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev esa tadbirkorlarga zapravka qurmaslikni, bor muassasalarga ham gaz yetmayotganini aytib chiqdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid