platina.uz
Jamiyat

Angrenda koʻp qavatli uy yondi: bir kishi halok boʻldi

Binodan fuqarolar toʻliq evakuatsiya qilingan. 

Angrenda koʻp qavatli uy yondi: bir kishi halok boʻldi

7 fevral kuni soat 23:19 da Toshkent viloyati Angren shahridagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi.

Qayd etilishicha, Dukent qoʻrgʻoni "Ulugʻbek" MFYda joylashgan 4 qavatli binolar birining tom qismi yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent viloyati FVBBga xabar qilingan. Shunga koʻra, qutqaruv ekipajlari soat 23:30 da voqea joyiga yetib borib, binodan fuqarolarni evakuatsiya qilgan.

Yongʻin soat 23:57 da qurshab olinib, soat 00:50 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa sodir boʻlgan joyga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov ham yetib borgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid