platina.uz
Jamiyat

Urgutda "hujra" tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqaro 7 nafar oʻgʻil bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berish bilan shugʻullangan. 

Urgutda "hujra" tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Noqonuniy diniy saboq berish holati aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro Urgut tumani “Doʻstlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil qilganligi holati fosh etildi.

Aniqlanishicha, maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan mazkur shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga, 2011-2016 yillar oraligʻida tugʻilgan 7 nafar oʻgʻil bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shugʻullangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2292-moddasi 2-qismi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid