platina.uz
Jamiyat

Maktabga tayyorlovdan oʻtgan bolalarga elektron sertifikat beriladi

Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etilib, unda robototexnika, ijod, fan va matematika yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar boʻladi. 

Maktabga tayyorlovdan oʻtgan bolalarga elektron sertifikat beriladi

Oʻzbekistonda "Yangi avlod" innovatsion bogʻchalar tarmogʻi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni (05.02.2026 yil PF-19-son)ga muvofiq mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni yangi sifat bosqichiga olib chiquvchi "Yangi avlod" maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi tizimning oʻziga xosliklari:

-2026-2028 yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyat markazlari va Toshkent shahrida bittadan shunday tashkilot quriladi.

-Ushbu bogʻchalar tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etilib, unda robototexnika, ijod, fan va matematika yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar boʻladi.

-Innovatsion markazlarda simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kichik yoshdan kasblarga qiziqish va ekologik madaniyat shakllantiriladi.

Endilikda bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritilmoqda.

Farmonga koʻra:

— Ushbu guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar va boshqa ijtimoiy obʼektlarda tashkil etilishi mumkin.

— 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab, maktabga tayyorlovdan oʻtgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikat haqidagi maʼlumotlar oʻquvchining umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomasida ham qayd etiladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid