platina.uz
Jamiyat

Janubiy Koreyaga yuborish uchun 10 ming dollar soʻragan rahbar ushlandi

Namangan shahrida konsalting firma ish yurituvchisi ham 2 ming dollar bilan qoʻlga olindi. 

Janubiy Koreyaga yuborish uchun 10 ming dollar soʻragan rahbar ushlandi

Xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Namangan shahridagi konsalting firma rahbari 2001 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda, tanishlari orqali uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 1,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi boshqa bir konsalting firma ish yurituvchisi oʻzining tanishlari orqali, Toʻraqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaroni Latviya davlatiga ishga yuborish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid