Bahodir Toshmatov qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi
U yanvar oyi oxirida Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlangandi.

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik Bahodir Toshmatov federatsiya raisi etib saylandi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyi oxirida Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlangandi.
U avval Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi.