platina.uz
Sport

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi

U mazkur sovrin uchun kurashda Bernardu Silva hamda Janluidji Donnarummani ortda qoldirdi. 

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Ushbu sovrin uchun Bernardu Silva hamda Janluidji Donnarumma ham nomzod sifatida koʻrsatilgan boʻlib, gʻolib klubning rasmiy veb-saytida muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan ovoz berish orqali aniqlandi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, Husanov eng koʻp ovoz toʻplab, ushbu individual mukofotga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Husanov yanvar oyida jami toʻqqizta uchrashuvda maydonga tushdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid