Turkiy davlatlar Fatvo hayʼati Ramazon boʻyicha qarorni eʼlon qildi
2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga toʻgʻri kelishi kutiladi.

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevralda boshlanishi kutilmoqda.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Fatvo hayʼati 2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuniga toʻgʻri keladi, degan qaror qildi.
Qaror Samarqandda boʻlib oʻtgan Fatvo hayʼati yigʻilishida qabul qilindi. Unda turkiy davlatlar musulmon jamoalarining birligini mustahkamlash hamda diniy amallarni ilmiy asoslar bilan uygʻunlashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun, yigʻilishda Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston hamda kuzatuvchi davlatlar — Turkmaniston va Vengriya vakillari ishtirok etdi.
Avvalroq Qozogʻistonda ramazon qachon boshlanishi aytilgandi.