Tarixchi oʻlkashunos Boris Golender vafot etdi
U tarix va madaniyatga bagʻishlangan 100 dan ortiq ilmiy-ommabop kitoblar, maqolalar hamda turistik yoʻlkoʻrsatkichlar muallifi sanaladi.

Taniqli oʻzbekistonlik tarixchi oʻlkashunos, jurnalist va yozuvchi Boris Anatolevich Golender vafot etdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi. U 78 yoshida olamdan koʻz yumdi.
Oʻlkashunos uzoq yillar Sergey Yesenin nomidagi davlat muzeyida davomida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan kelgan.
Boris Golender Oʻzbekiston, xususan Toshkent shahri tarixini oʻrganish va targʻib etishga salmoqli hissa qoʻshgan. U faoliyati davomida yurtimiz tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan 100 dan ortiq ilmiy-ommabop kitoblar, maqolalar hamda turistik yoʻlkoʻrsatkichlar muallifi sifatida keng jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan.