Taniqli yozuvchi va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif vafot etdi
U jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish bilan keng shugʻullangan.

Taniqli yozuvchi va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif vafot etdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Marhum 6 fevral kuni soat 11:40da Qibray tumani Yangi argʻin maxallasi Yozuvchilar koʻchasi 7-uydan olib chiqiladi.
Janoza Qorasuv 1-dahasi Gulsara koʻchasidagi Mulla Xolmirza masjidida juma namozidan keyin oʻqiladi. Ijodkorning hoki Yalongʻoch ota qabristoniga qoʻyiladi.
Boboxon Muhammad Sharif badiiy adabiyot, xususan, jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish bilan shugʻullanib kelgan.