Shavkat Mirziyoyevga Pokiston universiteti faxriy doktori va professori unvonlari berildi
1991 yilda tashkil etilgan Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat va boshqa yoʻnalishlarda magistr va doktorlarni tayyorlaydi.

Shavkat Mirziyoyevga Pokiston universiteti faxriy doktori va professori unvonlari berildi.
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bosh vazir Shahboz Sharif davlatimiz rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.
Ushbu unvonlar Oʻzbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va taʼlim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun berildi.
Marosimda Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uchun minnatdorlik bildirib, taʼlim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini taʼkidladi.
1991 yilda tashkil etilgan Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlash hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga moʻljallangan amaliy tadqiqotlarni olib borish kabi yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan.