platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Islomoboddagi portlash sabab taʼziya bildirdi

Prezident marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi. 

Shavkat Mirziyoyev Islomoboddagi portlash sabab taʼziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti bilan bosh vaziriga taʼziya bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi masjidda sodir boʻlgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga taʼziya yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Islomoboddagi portlashda kamida 31 kishi halok boʻldi. Shia masjidida hudkush oʻzini portlatib yuborgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid