platina.uz
Jamiyat

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga direktor tayinlandi

Baxtiyor Haydarov Prezident Administratsiyasi, Toshkent shahar hokimligida faoliyati olib borgan. 

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga direktor tayinlandi

Baxtiyor Haydarov Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi.

U 1989 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2012 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Avval Prezident administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Prezident farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va uning boshqaruv kengashi tashkil etildi. Unga Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari oʻtkaziladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid