platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston senati raisi bilan uchrashdi

Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama etilgan. 

Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston senati raisi bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv oʻtkazdi

Saida Mirziyoyevaga koʻra, suhbat samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan.

"Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida oliy darajadagi oʻzaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Quvonarlisi, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich boʻldi.

Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida suhbatlashib oldik", deyiladi xabarda.

"Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman", deya xulosa qiladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid