platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidentiga Pokiston oliy mukofoti topshirildi

Mazkur mukofot avval Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela kabi siyosiy arboblarga ham berilgan. 

Oʻzbekiston Prezidentiga Pokiston oliy mukofoti topshirildi

“Ayvoni Sadr” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu nufuzli mukofot koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofi hamda Oʻzbekiston xalqiga doʻstona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

Oʻzbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarilib borishiga ishonch bildirildi.

Taʼkidlash joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid