platina.uz
Madaniyat

Avloniyning nevarasi faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettiradi

Professor polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi boʻyicha yetuk olim boʻlib, 2015 yildan buyon AQShdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Avloniyning nevarasi faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettiradi

Ulugʻ jadid va buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning nabirasi – professor Jamshid Avloniy ilmiy va amaliy faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettiradi.

Professor Jamshid Avloniy polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi boʻyicha yetuk olim boʻlib, 2015 yildan buyon AQShdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda edi.

Olim oʻz faoliyatini Olmaliq davlat texnika institutida olib boradi. U institut magistrlari va talabalari uchun sanoatdagi innovatsiyalar yoʻnalishida taʼlim berib, zamonaviy laboratoriyalarda yoshlar bilan birgalikda ishlaydi.

Kimyo sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan tanilgan Jamshid Avloniy Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmid bilan birgalikda koʻplab ixtirolar ustida ishlagan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid