platina.uz
Jamiyat

Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi

Mazkur sanaga bagʻishlangan pochta markalari va konvertlar, taqvimlar yaratiladi, esdalik, kumush va oltin yubiley tangalari muomalaga chiqariladi. 

Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi

Prezident "Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida" qarorni imzoladi.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi Ikkinchi Uygʻonish davrining milliy va umuminsoniy mohiyati, yosh avlodni Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan oʻrni va taʼsirini inobatga olib, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi sifat bosqichiga koʻtarish hisoblanadi.

Fanlar akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Xalqaro Amir Temur jamoat fondining quyidagi takliflari maʼqullandi:

- joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash;

- har yili aprel oyini “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilish va uning doirasida umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchilar va sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish.

-Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish;

- “Temuriylar davrining 100 nodir qoʻlyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari va konvertlar, taqvimlar va koʻrgazmali axborot vositalari turkumini yaratish, esdalik, kumush va oltin yubiley tangalarini muomalaga chiqarishni taʼminlanadi.

Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklangan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid