platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga yetib bordi

Oʻzbekiston rahbarini Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga keldi.

Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

“Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Ertaga, 6 fevral kuni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid