platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni bilan uchrashdi

Bugungi kunda xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlar boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga eʼtibor qaratildi. Tajriba almashish va qoʻshma oʻquv tadbirlarini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga kelgach, “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bugungi kunda xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki mamlakatning yetakchi mudofaa sanoati korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini faollashtirish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini kengaytirish, tajriba almashish va qoʻshma oʻquv tadbirlarini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Transport va logistika sohasida istiqbolli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ham kun tartibida boʻldi.

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston Prezidenti uchrashuv yakunida “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining ishlanmalari, jumladan, Pokistonning zamonaviy harbiy texnikasi va qurol-yarogʻ namunalari bilan tanishdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid