platina.uz
Jamiyat

Qadimgi Baqtriyaga oid oltin taqinchoqlar Oʻzbekistonga qaytarildi

Ular avval Buyuk Britaniyada saqlangan. Mazkur jarayon Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Qadimgi Baqtriyaga oid oltin taqinchoqlar Oʻzbekistonga qaytarildi

Qadimgi Baqtriyaga oid oltin taqinchoqlar Buyuk Britaniyadan Toshkentga qaytarildi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

Ular "Islomgacha boʻlgan davr" koʻrgazmasida namoyish etiladi.

Artefaktlarning qaytarilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu xazinalar hozirda Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etilmoqda.

"Koʻrgazmalar tashrif buyuruvchilarga Baqtriya xalqlarining dunyoqarashi, eʼtiqodlari va ijtimoiy tuzilishi haqida keng tushuncha beradi", deb taʼkidladi markaz matbuot xizmati.

Koʻrgazmalar orasida firuza bilan bezatilgan oltin bilaguzuklar va marjonlar, shuningdek, miloddan avvalgi IV asrga oid hayvonlar tasvirlari aks etgan noyob oltin pichoq qini ham bor.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid