platina.uz
Jamiyat

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent nomi berildi

Pokiston poytaxtidagi yangidan barpo etiladigan boqqa Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi ham boʻlib oʻtdi. 

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent nomi berildi

Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan boqqa Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan boqqa Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi boʻldi.

Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda Oʻzbekiston – Pokiston koʻp qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.

Toshkent koʻchasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bogʻ xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilish qatʼiy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida taʼkidlandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid