platina.uz
Jamiyat

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklarning qatʼiy roʻyxati belgilandi

Yoʻl qoidalari buzilganligi qayd etilganda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 oydan kechiktirmay qoʻllanadi. 

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklarning qatʼiy roʻyxati belgilandi

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar roʻyxati aniq belgilandi.

Qonun (OʻRQ–1116-son, 04.02.2026 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qoʻllanilishi belgilandi. Maʼmuriy ogohlantirish hukuqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.

Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllanadi.

Qonunga koʻra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning qatʼiy roʻyxati belgilandi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali quyidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi, jumladan:

- xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;

- transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;

- belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborish;

- toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi va boshqalar.

Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun jazo qoʻllash muddatlari aniq belgilandi.

Yoʻl qoidalari buzilganligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 oydan kechiktirmay qoʻllanadi.

Maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid