platina.uz
Jamiyat

Dorixonalar ustamalarni oshirish orqali salkam 8 mlrd soʻm asossiz daromad olgani aniqlandi

Mablagʻlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va maʼlumotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi. 

Dorixonalar ustamalarni oshirish orqali salkam 8 mlrd soʻm asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlari aniqlandi.

Dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari boʻyicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qoʻmitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan 2025 yil davomida Qoʻmitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar koʻrilmoqda. Jumladan, 765 ta dorixonada (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 ta holatda 7,95 mlrd. soʻm miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlari tiklash choralari koʻrildi. Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzilishi boʻyicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi.

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida 26 ta dorixonada 5 311 ta holatda 130,3 mln. soʻm miqdorda;

- Andijon viloyatida 26 ta dorixonada 3 200 ta holatda 95,5 mln. soʻm miqdorda;

- Buxoro viloyatida 53 ta dorixonada 38 355 ta holatda 929,4 mln. soʻm miqdorda;

- Jizzax viloyatida 23 ta dorixonada 1 042 ta holatda 56,4 mln. soʻm miqdorda;

- Qashqadaryo viloyatida 50 ta dorixonada 2 783 ta holatda 203,6 mln. soʻm miqdorda;

-Navoiy viloyatida 79 ta dorixonada 20 645 ta holatda 329 mln. soʻm miqdorda;

- Namangan viloyatida 56 ta dorixonada 36 310 ta holatda 575,2 mln. soʻm miqdorda;

- Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holatda 1 mlrd. 231 mln. soʻm miqdorda;

- Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 mlrd. 570,2 mln. soʻm miqdorda;

- Cirdaryo viloyatida 33 ta dorixonada 2 782 ta holatda 208,6 mln. soʻm miqdorda;

- Toshkent viloyatida 63 ta dorixonada 21 983 ta holatda 735,1 mln. soʻm miqdorda;

- Fargʻona viloyatida 35 ta dorixonada 22 760 ta holatda 310,1 mln. soʻm miqdorda;

- Xorazm viloyatida 25 ta dorixonada 3 867 ta holatda 199,3 mln. soʻm miqdorda;

- Toshkent shahrida 173 ta dorixonada 131 219 ta holatda 1 mlrd. 404,7 mln. soʻm miqdorda isteʼmolchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablagʻlar olinganligi aniqlangan.

Qoʻmita tomonidan mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilib, qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan dorixonalarga nisbatan chora koʻrish davom ettirilishini va ularning roʻyxati ochiq tarzda eʼlon qilib borilishini maʼlum qilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid