Saida Mirziyoyeva Abu-Dabidagi global forumda nutq soʻzladi
Tadbirda jahon siyosiy va intellektual elitasining 150 nafar eng nufuzli namoyandalari, birinchi xonimlardan tortib Nobel sovrindorlarigacha ishtirok qatnashdi.

Saida Mirziyoyeva BAAdagi tadbirda global tashabbuslarni ilgari surdi.
Abu-Dabida xalqaro "Insoniy birodarlik majlisi" oʻz ishini boshladi.
Tadbirda jahon siyosiy va intellektual elitasining 150 nafar eng nufuzli namoyandalari, birinchi xonimlardan tortib Nobel sovrindorlarigacha ishtirok etmoqda.
Forum kun tartibidagi eng muhim voqealardan biri — Saida Mirziyoyevaning ayollar yetakchiligiga bagʻishlangan birinchi sessiyadagi chiqishi boʻldi. U oʻz nutqida insoniy birodarlik va xotin-qizlarning jamiyatdagi roli masalalariga toʻxtalib oʻtdi.
Sunʼiy intellekt va texnologiyalarga asoslangan yangi global tartibotda, siyosiy va strategik qarorlar qabul qilinishida ayollar ishtiroki muhimligini taʼkidlab, "Yangi dunyoni kim quradi?" deya savol qoʻyadi Saida Mirziyoyeva.
U, shuningdek, insoniy birodarlik gʻoyalarini balandparvoz soʻzlar bilan emas, balki zoʻravonlikka qarshi ishlovchi qatʼiy qonun va adolatli sud tizimi orqali isbotlash lozimligini qayd etadi.
"Insoniy birodarlik kimningdir ovozini eshitib, kimnidir hech qachon chetga surib qoʻymaslik orqali shakllanadi", — deydi Saida Mirziyoyeva.