Maroqand AJ bankrot deb topildi: Humans ekotizimidagi holatlar
Maroqand Humans fintex ekotizimi tomonidan toʻliq sotib olingan va shu ekotizim tarkibida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi 2026 yil 2 fevral kuni Maroqand aksiyadorlik jamiyatini toʻlovga qobiliyatsiz deb topish va uni tugatish boʻyicha ish yurituvini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu qaror bilan mamlakatdagi mashhur UPay toʻlov tizimi operatori rasman bankrot deb eʼlon qilindi.

Maroqand 2022 yil may oyida Humans fintex ekotizimi tomonidan toʻliq sotib olingan va shu ekotizim tarkibida faoliyat yuritib kelgan. 2024 yil sentabrda Markaziy bank kompaniya faoliyatiga olti oy muddatga cheklov kiritgan, bunda sabab sifatida fuqarolar mablagʻlarining qonunchilikda taqiqlangan yoʻnalishlarga, jumladan, qimor oʻyinlari bilan bogʻliq xizmatlarga yoʻnaltirilgani koʻrsatilgan. Ushbu holatlar yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
2025 yil mart oyida Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi ayrim cheklovlarni bekor qilgan boʻlsa-da, kompaniya faoliyatini toʻliq tiklay olmadi. Shu bilan birga, 2025 yil oktabr oyida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sud Humans MChJni ham bankrot deb topdi, bu esa Maroqand’ning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Sudning hal qiluv qarori bilan Maroqand AJ rasman bankrot deb eʼtirof etildi va tugatishga doir ish yurituvi olib borilishi belgilandi.