platina.uz
Jamiyat

Bahodir Hudoyqulov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi

Tumanning avvalgi hokimi Fayzullo Yusupov Prezident selektorida ishdan olingandi. 

Bahodir Hudoyqulov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi

Bahodir Hudoyqulov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Xudoyqulov Bahodir Xudoyorovichni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Bahodir Xudoyqulov - 1985 yilda tugʻilgan. U Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Faoliyati davomida 2018-2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ham ishlagan.

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Chiroqchining avvalgi hokimi Fayzullo Yusupov prezident selektorida, 2025 yil noyabrida ishdan olingandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid