platina.uz
Jahon

Tramp: Hindiston Rossiya neftini sotib olmaslikka rozi boʻldi

AQSh Hindiston tovarlariga qoʻyilgan tariflarni 50 foizdan 18 foizga tushiradi. Rossiya hozircha bu gaplarga izoh bermadi. 

Tramp: Hindiston Rossiya neftini sotib olmaslikka rozi boʻldi

AQSh va Hindiston oʻrtasida savdo bitimi: Dehli Rossiya neftini sotib olishni toʻxtatadi.

Bitimga koʻra, AQSh Hindiston tovarlariga qoʻyilgan tariflarni 50% dan 18% ga tushiradi, Hindiston esa Rossiya neftini sotib olishni toʻxtatib, AQShdan va boshqa manbalardan energiya va boshqa mahsulotlarni xarid qilishga rozi boʻldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Hindiston bilan savdo bitimi eʼlon qildi, unga koʻra AQSh Hindiston tovarlariga qoʻyilgan tariflarni 50%dan 18%ga tushiradi, buning evaziga Hindiston Rossiya neftini sotib olishni toʻxtatadi.

Tramp bu bitim haqida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali suhbatdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi. U Hindiston endi neftni AQShdan, shuningdek, potensial ravishda Venesueladan sotib olishini taʼkidladi.

Oq Uy rasmiysining Reuters agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, AQSh Hindistonning Rossiya neftini sotib olishi sababli qoʻllagan jazo chorasi sifatidagi 25% tarifni bekor qilmoqda. Bu tarif avvalgi 25% oʻzaro tarif darajasiga qoʻshilgan edi.

Yangilik eʼlon qilingach, AQSh birjasida roʻyxatdan oʻtgan yirik hind kompaniyalari aksiyalari keskin oʻsdi. IT-konsalting firmasi Infosys 4,3%ga, Wipro 6,8%ga, HDFS Bank 4,4%ga oʻsdi, shuningdek, iShares MCCI India birjada savdo qilinadigan fondi 3%ga koʻtarildi.

Modi Hindistonni "American Buy" tamoyilini ancha yuqori darajada qoʻllashga vaʼda berdi, shuningdek, Trampning qoʻshimcha qilishicha, Hindiston 500 milliard dollardan ortiq miqdorda AQSh energiyasi (shu jumladan koʻmir), texnologiya, qishloq xoʻjaligi va boshqa mahsulotlarni sotib oladi.

"Hindiston AQShga qarshi tarif va notarif toʻsiqlarini nol darajasiga tushirish yoʻlida harakat qilmoqda", — dedi Tramp Hindiston haqida.

Tramp lavozimga qaytib, oʻtgan yili AQSh tarif stavkalarini ikki xonali darajaga koʻtargunga qadar Hindiston dunyodagi eng yuqori tariflarga ega mamlakatlardan biri boʻlgan.

Jahon savdo tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Hindistonning oddiy qoʻllaniladigan tarif darajasi 15,6%, samarali qoʻllaniladigan tarif esa 8,2%ni tashkil etgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid