Oʻz huquqbuzarligini internetda tarqatganlar javobgarlikka tortiladi
Bu huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Oʻz huquqbuzarligini OAV va internetda tarqatganlar javobgarlikka tortiladi.
Qonunchilik palatasida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan — “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasida shaxs tomonidan sodir etilgan oʻz huquqbuzarligini targʻib qiluvchi materiallarni ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmoqlarida tarqatish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Bu huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar jamiyatda xavfsiz muhitni mustahkamlash, yangi turdagi huquqbuzarliklar paydo boʻlishining oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlarga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan holatlarni bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.