platina.uz
Jamiyat

Namanganda teatr xodimlari qoʻlga olindi

Ular ish staji yozib berish va pensiyaga chiqarib qoʻyish vaʼdasi evaziga 800 dollar talab qilgani aytilgan. 

Namanganda teatr xodimlari qoʻlga olindi

Namanganda teatr xodimlari pora bilan qoʻlga olindi: ish staji va nafaqa vaʼdasi uchun 800 dollar talab qilgan. Bu haqda IIV xabar berdi.

Yangi Namangan tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatrining kadrlar boʻlimida ishlovchi ikki nafar xodim ish staji yozib berish va pensiyaga chiqarib qoʻyish vaʼdasi evaziga 800 dollar talab qilgan paytda tezkor tadbirda qoʻlga olindi.

Yangi Namanganda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatri kadrlar boʻlimida ishlaydigan ikki nafar xodim pora olishda gumon qilinib, tezkor tadbir davomida qoʻlga olindi.

Joriy yilning 12 yanvar kuni Yangi Namangan tumanida yashovchi bir fuqaro Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi.

Arizada u ikki nafar qarindoshiga teatr xodimlari mansab vakolatidan foydalanib, ish stajini yozib berish va ularni yoshga doir pensiyaga chiqarishni vaʼda qilganini, buning evaziga har biri uchun 400 AQSh dollaridan jami 800 dollar pul talab qilayotganini maʼlum qildi.

Boshqarma tezkor xodimlari tomonidan darhol tashkil etilgan maxsus operatsiya natijasida gumonlanuvchilar Namangan shahridagi teatr binosida ushlandi.

Arizachi tomonidan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 800 AQSh dollari pullarni olgan paytda ular ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 25-modda (tayyorgarlik) orqali 168-modda 2-qismi (katta miqdorda firibgarlik), va 28-modda (guruh boʻlib sodir etish) orqali 211-modda (pora berish)bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid