platina.uz
Jamiyat

Jamshid Pardayev Pastdargʻom tumani hokimi boʻldi

Avvalgi hokim Sherzod Rahmonov oʻz arizasiga koʻra ishdan ketgan. 

Jamshid Pardayev Pastdargʻom tumani hokimi boʻldi

Jamshid Pardayev Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Bugun Pastdargʻom tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Sherzod Rahmonov oʻz arizasiga koʻra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Pastdargʻom tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat koʻrsatgan Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Avval Temur Mahmudov Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlangandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid