platina.uz
Jamiyat

Aholi maʼlumotlari alohida serverda xavfsiz saqlanmoqda —Statistika qoʻmitasi

Roʻyxatga olish bilan bogʻliq maʼlumotlarining xavfsizligi boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻqligi aytilgan. 

Aholi maʼlumotlari alohida serverda xavfsiz saqlanmoqda —Statistika qoʻmitasi

Oʻzbekistonda millionlab fuqarolarning maʼlumotlari tarqalgani asosga ega emas.

Milliy statistika qoʻmitasida maʼlumotlar ehtimoliy sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berib, oʻz tomonlaridan bunday holat toʻliq istisno etilishini maʼlum qildi.

census.stat.uz da axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida, onlayn roʻyxatga olish yakunlanganidan soʻng Oʻzbekiston hududidan tashqarida foydalanish uchun cheklovlar oʻrnatilgan.

Shu bilan birga, respublika ichidagi baʼzi foydalanuvchilarda ham mazkur saytga kirishda cheklovlar (418 xatolik) kuzatilishi mumkin. Onlayn roʻyxatga olish veb sayti census.stat.uz 2026 yilning 15-31 yanvar kunlari faoliyat yuritdi.

Ushbu kunlari onlayn shaklda oʻtkazilgan Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishda toʻplangan barcha maʼlumotlar, alohida serverda shifrlangan holda xavfsiz saqlanmoqda.

"Yurtdoshlarimizning roʻyxatga olish bilan bogʻliq maʼlumotlarining xavfsizligi boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qilamiz", deyiladi Oʻzstat xabarida.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid