platina.uz
Jamiyat

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash tartibi belgilandi

IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. 

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash tartibi belgilandi

Koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (38-son, 30.01.2026 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, davlat xizmati quyidagilar boʻyicha koʻrsatiladi:

- fuqaroning yashash joyi manzili toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varagʻi berish;

- mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar haqida tahrirlangan maʼlumotnoma berish.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Ariza beruvchi soʻrovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YaIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Vakolatli organga kelib tushgan soʻrovnoma 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.

Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tahrirlangan maʼlumot tizim orqali QR-kod qoʻygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning oʻzida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid