platina.uz
Jamiyat

Toshkentda bankir va uning sheriklari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi

Holat yuzasidan oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. 

Toshkentda bankir va uning sheriklari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi

Toshkent shahrida 120 000 AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinga tikib talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda Yashnobod bank filialida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlovchi E.N. “A.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib, “B.B.” MChJga 120 000 AQSh dollari kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablagʻini naqdlashtirib olgan. Soʻngra 120 000 AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga ishlatib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid