platina.uz
Jamiyat

Toshkent-Chorbogʻ yoʻlining ayrim qismlarida harakat 80 km/soatgacha cheklanadi

Ushbu yoʻldagi YTHlarda oʻtgan yili 15 nafar fuqaro vafot etgan va 50 nafar fuqarolar tan jarohati olgan. 

Toshkent-Chorbogʻ yoʻlining ayrim qismlarida harakat 80 km/soatgacha cheklanadi

Toshkent-Chorbogʻ yoʻlining ayrim qismlarida harakat 80 km/soatgacha cheklanadi.

Bu haqda Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashining 2026 yil 2 fevraldagi qarorida aytiladi.

Qarorda Chorbogʻ yoʻnalishidagi yoʻllarda harakatlanish tezligini cheklash boʻyicha muhim oʻzgarishlar belgilangan.​

Aytilishicha, Toshkent viloyati hududida joylashgan davlat ahamiyatiga ega “Bektemir sh.-Chirchiq sh.-Gʻazalkent sh.-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 19-74 kilometrlari oraligʻida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025 yil 12 oyi davomida jami 63 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.

Natijada 15 nafar fuqaro vafot etgan va 50 nafar fuqarolar tan jarohati olgan.

Hujjatga koʻra, 4R-12 "Bektemir sh. - Chirchiq sh. - Gʻazalkent sh. - Chorbogʻ qoʻrgʻoni" avtomobil yoʻlining aholi yashash joylaridan tashqari boʻlgan 6 ta qismida yuqori tezlik 80 km/soat etib belgilandi (ilgari 100 km/soat boʻlgan).

​Cheklov oʻrnatilgan asosiy nuqtalar:

​Yuqori Chirchiq tumani: 19-20 km oraligʻi (Bektemir va Chirchiq orasida).

​Boʻstonliq tumani: * 44-45 km oraligʻi;

​49-50 km oraligʻi;

​52-53 km oraligʻi;

​61-62 km oraligʻi;

​64-65 km oraligʻi;

71-74 km (Gʻazalkentdan oʻtib Chorbogʻ tomonga ketishda).

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid