platina.uz
Sport

Jaloliddin Masharipovning JChda qatnashishi soʻroq ostida qoldi

Ogʻir jarohat olgan Masharipov jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. 

Jaloliddin Masharipovning JChda qatnashishi soʻroq ostida qoldi

Oʻzbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Futbolchining Jahon chempionatigacha tiklanib ulgura olishi hozircha nomaʼlum.

Oʻzbekiston futbol terma jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda futbolchi toʻp surayotgan Eronning “Istiqlol” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, operatsiya Eron hududidan tashqarida oʻtkazilgan. Avvalroq futbolchi ogʻir jarohat olgani va uni dastlab konservativ usulda davolashga harakat qilingani, biroq bu kutilgan natijani bermagach, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishga toʻgʻri kelgani haqida xabar qilingan edi.

Qayd etish joizki, Jaloliddin Oʻzbekiston terma jamoasining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Hozircha futbolchi Jahon chempionatigacha tiklanib, optimal sport formasini qayta tiklay oladimi yoki yoʻqmi — nomaʼlum.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid