platina.uz
Jamiyat

Chegarani buzib kirgan shaxs yonidan 1,3 mlrd soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi dorilar topildi

"Pregabalin" kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan va uning erkin muomalasi cheklangan. 

Chegarani buzib kirgan shaxs yonidan 1,3 mlrd soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi dorilar topildi

Chegara buzuvchidan kuchli taʼsir qiluvchi dorilar olindi.

DXX Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbirda oʻtkazilgan. Unda “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Fargʻona viloyati Rishton tumani hududidan oʻtuvchi qismini buzib, qoʻshni davlatdan kirib kelgan Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 1983 y.t. shaxs qoʻlga olindi.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida umumiy bahosi 1 mlrd 320 mln soʻmni tashkil etuvchi 9 542 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, “Zardeks” dori vositasi tarkibida boʻlgan “Pregabalin” moddasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-sonli qaroriga muvofiq, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan va uning erkin muomalasi cheklangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid